Yolg'iz O'yinchoq..
Muallif: -Oshiq-
Qo'pol Haqiqat
Sobir balkonda tashqariga qarab turardi. Qorong'u kecha edi, maydalab yomg'ir yog'ardi. Tomchilar yuziga urilib, g'alati titroq hosil qilardi. U qirq yoshga kirgan edi — yolg'iz, charchagan, umidsiz.
— Yana bir kun o'tdi, — dedi u o'ziga o'zi. Ovozini shahar shovqini bosib ketdi.
U kichkina ikki xonali kvartirada yashar edi. Mehnat birjasida hisobchi bo'lib ishlardi. Har kuni bir xil: uyg'onish, ish, uyga qaytish, televizor, uyqu