Mashoyixlar bilib aytgan ekan: doʻstning eskisi, xotinning yangisi yaxshi boʻlarkan. Yangi xotin degani-chi, yangi kalishga oʻxsharkan, vey! Issiqqina, yumshoqqina. Torgina... Avvalgi xotini sigirmijoz edi. Lapanglab yuradimi-ey, ovqatni pishillab yeydimi-ey... Bunisining yurgani bilin-maydi-ya! Mushukka oʻxshaydi, baraka topgur! Biram odobli, biram mehribon! Ikki gapning birida «jonim» deydi.
Unsizgina pildirab keladi-da, tizzasiga oʻtirib oladi. Tizzasiga oʻtiri-i-i-b, tomogʻini yalaydi. Shun